Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
📍 Mahalla muammolari joyida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududidagi muammolarni o‘rganish maqsadida ko‘chaboshilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

🏘 Mazkur saylov okrugi hududida jami 18 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, o‘rganish ishlari dastlab Vorislar ko‘chasidan boshlandi.

🤝 Deputat ko‘chaboshi X.Abillaev bilan uchrashib, hududdagi mavjud masalalar yuzasidan suhbatlashdi. Muloqot davomida ko‘chalarni obodonlashtirish, hududni yanada tartibga keltirish va aholiga qulay sharoit yaratish masalalari ko‘tarildi.

💬 Ko‘chaboshi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan hududdagi muammolarni  qayd etish daftariga yozib olindi. Mazkur masalalarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

📌 Mahalladagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va aholi vakillari bilan bevosita muloqot qilish — mavjud masalalarni aniqlash va ularni bosqichma-bosqich hal etishning muhim omilidir.