Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#haftalik_ish_reja #nnt_bilan_hamkorlik #deputat_faoliyati 🤝"Bog‘zor" mahallasida "Barqaror hayot" NNT tomonidan ko‘rsatilayotgan bepul tibbiy xizmatlar o‘rganilib, o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinovalar okrugga qarashli “Bog‘zor” mahallasida bo‘ldilar.

⏺Mas’ullar tashrif davomida “Barqaror hayot” NNT tomonidan mahallada aholi uchun tashkil etilgan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

💬“Barqaror hayot” NNT tomonidan tashkil etilgan ushbu xayriya tadbiri doirasida yuqori malakali shifokorlar jalb etilib, mahalla ahlini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tashxis qo‘yish hamda zarur tavsiyalar berish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

🟢Manzilli ko‘riklar: Mahalladagi surunkali xastaligi bor bemorlar, keksalar, nogironligi bor shaxslar hamda ehtiyojmand oilalar vakillari bepul ko‘rikdan o‘tkazildi;

🟢Tibbiy maslahatlar: Fuqarolarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda dori-darmonlarni to‘g‘ri qabul qilish yuzasidan shifokorlarning tavsiyalari berildi.

💼Uchrashuv davomida shahar Kengashi deputatlari hamda “Barqaror hayot” NNT rahbariyati o‘rtasida o‘zaro manfaatli muloqot o‘tkazilib, istiqbolli hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

🫥Mazkur hamkorlik doirasida kelgusida Termiz shahridagi boshqa ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan mahallalarda ham birgalikda sayyor bepul tibbiy qabullarni tashkil etish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish va muhtojlarga dori-darmon yetkazishda amaliy ko‘maklashish tizimi belgilab olindi.

Slide 1 of 2