Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Kotib

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyati Bekobod shahriga tashrifi davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar va yangi loyihalar bilan tanishgani mamlakatimizda inson manfaatlari ustuvor yo‘nalish ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Tashrif davomida Bekobod shahri “Xos yoz” kanali bo‘yi hamda “Do‘stlik” mahallasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Ilgari qarovsiz va e’tibordan chetda qolgan hudud bugungi kunda zamonaviy, ekologik va aholi uchun qulay maskanga aylantirilgani e’tiborga molikdir.

Hududda 3 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi, 5,4 kilometrlik mustahkam to‘siqlar, yangi ko‘priklar barpo etilib, sohil bo‘yida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etildi. Natijada yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholining bandligi va turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

“Do‘stlik” mahallasida ham amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bu yerda sport maydonchalari, kutubxona, maktabgacha ta’lim tashkiloti, xizmat ko‘rsatish obyektlari hamda “Vatanparvar bog‘i” kabi maskanlar bunyod etildi.

Davlatimiz rahbarining mahalla faollari, nuroniylar va mehnat faxriylari bilan uchrashuvi ham alohida ahamiyat kasb etdi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, amalga oshirilayotgan barcha loyihalar, avvalo, insonlarga xizmat qilishi, ularning hayotini yaxshilashi kerak.

Bugungi bunyodkorlik ishlari Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida hududlarni obod qilish, aholi farovonligini oshirish va inson qadrini ulug‘lash borasidagi islohotlarning amaliy ifodasidir.

Shoxzoda Kurbanova
O’zbekiston XDP Mirzo Ulug’bek tuman Kengashi raisi,
Xalq deputatlari Mirzo Ulug’bek tuman Kengashi deputati.

Slide 1 of 1