Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
2-Chilonzor saylov okrugi aholisi ehtiyojlari va murojaatlari asosida Chilonzor mahallasida mahalla guzari binosi qurilishi boshlangan.

Mazkur ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2-Chilonzor saylov okrugi deputati Miryunusov Alisher Xabibullayevich tomonidan Chilonzor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla guzari binosi qurilishining bugungi holati, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, aniqlangan kamchiliklar hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari yuzasidan mas'ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish va qurilish ishlarini belgilangan reja asosida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ushbu hududda fuqarolar, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida zamonaviy sport maydonchalari, workout zonalari hamda boshqa sport inshootlarini barpo etish masalalari ham muhokama qilindi.

Mazkur takliflarni amalga oshirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta'kidlandi.

Slide 1 of 5