Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 6-“Tog‘” saylov okrugi deputati, tumani hokimi U.Yelmuratov tomonidan “Mustaqillik” mahallasida mutasaddilar ishtirokida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida mahalla hududi, asosiy va ichki ko‘chalar, yo‘l yoqalari, jamoat joylari hamda fuqarolar xonadonlarining ichki va tashqi ozodaligi, uy atrofi, oshxona, hojatxona, tandirxona va yordamchi xo‘jalik hududlaridagi sanitariya holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔸Aniqlangan kamchiliklar joyida muhokama qilinib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish, hududlarni yanada obod va ozoda saqlash, yashil hududlarni parvarishlash hamda sanitariya madaniyatini yuksaltirish yuzasidan mas’ul rahbar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Aholi o‘rtasida tozalik, tartib-intizom va obodonlashtirish madaniyatini yanada mustahkamlash bo‘yicha tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari olib borildi.

🔻Shuningdek, tuman hokimi mahalla faollari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, Mustaqillikning 35 yillik bayramini munosib kutib olish, mahallani yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirishda har bir fuqaroning daxldorligi, birdamligi va mas’uliyati muhim ekanini alohida ta’kidladi. Mahalla faollari aholini hashar va obodonlashtirish ishlariga yanada faol jalb etishga chaqirildi.

Slide 1 of 5