Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Zargarlik mahallasida boshqaruv kompaniyasi faoliyati tanqidiy o‘rganildi

Zargarlik mahallasida boshqaruv kompaniyasi faoliyati tanqidiy o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "24-Shirin" okrugi deputati Shahnoza Mustafayevaning okrugidagi Zargarlik mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

🗂 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PQ–278-son "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori hamda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi doirasida mahallaga xizmat ko‘rsatayotgan "Xuroson Servis" boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Xususan, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, hovli hududlarining sanitariya holati, tungi yoritilishi hamda boshqaruv kompaniyasi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.

🕯 Shuningdek, mahallada 33 ta ko‘p qavatli uy mavjudligi, ularda 6 754 nafar fuqaro istiqomat qilishi, hududda 334-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, Toshkent yuridik texnikumi, tuman Madaniyat bo‘limiga qarashli A.Qodiriy nomidagi madaniyat markazi hamda Toshkent shahar notariuslar arxivi faoliyat yuritishi qayd etildi.

📝 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va boshqaruv kompaniyasi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6