Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
22-QASHQAR SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.

Axborotda saylov okrugi hududida olib borilgan o‘rganishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, deputatlik so‘rovlari kiritilishi hamda ijro ustidan nazorat olib borish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, Buyuk Turon va Qashqar mahallalaridagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasi, yoshlar, xotin-qizlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Uchrashuv davomida aholining taklif va murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda o‘rganish hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ 22-Qashqar saylov okrugida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni joyida o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5