Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Fuqarolar qabuli davomida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qahharova tomonidan "Shaldiramoq" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, fuqarolar tomonidan Turkiston ko‘chasidagi 140, 142 va 144-sonli ko‘p qavatli uylar old qismi hamda Sarboz ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilib, ushbu hududlarda transport harakati va piyodalar uchun qulay sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Bahmalbop va Naymancha ko‘chalaridagi 140 ta eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish hamda transformator punkti (TP) elektr uzatish moslamasini yangilash yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur infratuzilma bilan bog‘liq muammolar aholi uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan barcha murojaatlar nazoratga olinib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida yuborish hamda amaliy yechim topish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3