Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputatlik nazorati doirasida Angor tumanida tizimli o‘rganishlar olib borildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati P.Bakirov hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Rahimqulov hamkorligida Oliy Majlis Senati Kengashining sayyor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Angor tumanida tizimli deputatlik nazorati o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida soliq hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, qator ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi.

Soliq yo‘nalishida norasmiy bandlikni legallashtirish ishlari natijasida yuzlab fuqarolarning mehnat faoliyati qonuniylashtirilib, budjetga qo‘shimcha soliq tushumlari ta'minlandi. Shuningdek, ayrim korxonalarda yuzaga kelgan texnik xatoliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Bandlik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitilgan "Ijtimoiy reyestr"dagi fuqarolarning barchasi bandligi ta'minlangani, ularning bir qismi doimiy ishga joylashtirilgani, o‘zini o‘zi band qilgani hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlagani aniqlandi. Hisobotlarda aks ettirilgan yangi ish o‘rinlari ham qayta o‘rganilib, ularning haqiqiyligi tasdiqlandi.

Shuningdek, "Bahor" mahallasidagi sug‘orish va infratuzilma bilan bog‘liq muammolar yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 6