Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Kaxxarova tomonidan "Shaldiramoq" saylov okrugi tarkibidagi "Shaldiramoq" mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha shahar IIB boshlig‘ining 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori, mahalla kengashi a’zolari hamda "mahalla yettiligi" vakillari ishtirok etib, hududdagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash va fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish davomida mahallada profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, notinch oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, tungi nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish hamda mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla hududidagi videokuzatuv kameralarining ishlash holati, ularning qamrovini kengaytirish, ko‘chalarga qo‘shimcha zamonaviy kuzatuv kameralarini o‘rnatish, xavfsizlik infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2