Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
"Shaldiramoq" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Kaxxarova tomonidan o‘zi saylangan "Shaldiramoq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida reja-grafik asosida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari X.Abdullayev hamda A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, "mahalla yettiligi" faoliyati, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, shuningdek, hududda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish hamda mahalla faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3