Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Yig‘ilishda tuman Kengashi raisi tomonidan Yoshlar maslahat guruhining asosiy maqsad va vazifalari, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdagi ahamiyati hamda hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida Yoshlar maslahat guruhi nizomi yana bir bor atroflicha muhokama qilinib, uning mazmun-mohiyati, faoliyat yo‘nalishlari, guruh a’zolarining huquq va majburiyatlari, tashabbuslarni ilgari surish hamda jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarga keng jalb etish, yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Bundan tashqari, Yoshlar maslahat guruhi bilan tuman Kengashi o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik yo‘nalishlari, dolzarb loyihalar, yoshlarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish hamda ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3