Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI

Bundan bir necha kun avval Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan o‘z saylov okrugidagi Mashad mahallasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar, Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi kiritilgani haqida xabar bergan edik.

​Deputatning mazkur soʻrovi hamda "Ko‘cha aylanish daftari"dagi qaydlari asosida yo‘llangan so‘rov mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilib, qisqa muddatlarda amaliy choralar ko‘rildi.

Mashad mahallasi Imom Zahiriddin ko‘chasidan o‘tuvchi va uzoq vaqt davomida tozalanmaganligi sababli sanitariya holati yomonlashgan tranzit ariq, garchi "Qo‘shtepa irrigatsiya" bo‘limi balansida bo‘lsa-da, aholi qulayligi yo‘lida deputatga biriktirilgan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mirob ishchilari tomonidan imkon darajasida to‘liq tozalandi va suv oqimi tiklandi.

​Mahallaning Zarafshon va Turkiston ko‘chalarida o‘sib ketgan hamda yo‘l harakati belgilarini, shuningdek, tungi yoritish chiroqlarini to‘sib qo‘ygan daraxtlarning shox-shabbalari boshqarma xodimlari tomonidan butalib, tartibga keltirildi. Hududdagi harakat xavfsizligi va ko‘chalarning yoritilish darajasi yaxshilandi.

​Deputat so‘roviga mas’uliyat bilan yondashib, muammolarni bartaraf etishda yaqindan ko‘maklashgan Marg‘ilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga minnatdorchilik bildiramiz.

​Saylovchilar manfaati va hududlar obodligi yo‘lidagi deputatlik nazorati davom etadi.

Slide 1 of 7