Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Biriktirilgan qonun ijrosi o‘rganildi

Biriktirilgan qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev o‘ziga biriktirilgan "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2021-yil 1-apreldagi O‘RQ–680-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishilib, dehqon xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga yer uchastkalarini ajratish, sohaga oid davlat dasturlari ijrosi hamda qonun talablarining amaliy bajarilishi savolnoma asosida o‘rganildi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan sohaga oid mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar yuzasidan fikr almashilib, savolnoma asosida tegishli ma’lumotlar jamlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2