Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Bozorlarda ozodalikni targ‘ib etish bo‘yicha radio eshittirish tashkil etildi

Bozorlarda ozodalikni targ‘ib etish bo‘yicha radio eshittirish tashkil etildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 23-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputat Q.Igamberdiyeva tomonidan Qiziriq tumani Markaziy dehqon bozori radio uzeli orqali "Bozorlarda ozodalik – jamiyat madaniyati ko‘zgusi" mavzusida radio eshittirish tashkil etildi.

Eshittirish davomida bozorlarda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, atrof-muhitni muhofaza etish, maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, plastik chiqindilarni kamaytirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, bozor hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va xaridorlar ozodalikni saqlash, savdo joylarini toza tutish, chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish hamda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga chaqirildi. Ta'kidlanganidek, toza va ozoda muhitni yaratish har bir fuqaroning fuqarolik burchi bo‘lib, ekologik madaniyatni yuksaltirish jamiyat farovonligi va aholi salomatligini ta'minlashning muhim omillaridan biridir.

Mazkur radio eshittirish orqali aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, bozorlarda ozodalikni ta'minlash va atrof-muhitni asrash borasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1