Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
🩺 Sil kasalligiga qarshi kurashish borasidagi ishlar o‘rganildi

📖 O‘zbekiston Respublikasining **2001-yil 11-maydagi 215-II-son "Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida"**gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati G‘.Ollamov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan deputatning saylov okrugidagi 2-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
🏥 O‘rganish jarayonida muassasada fuqarolarga yaratilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari, sil kasalligini erta aniqlash va profilaktika qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash holati hamda dori-darmon vositalarining saqlanish sharoiti va mavjud zaxirasi ko‘zdan kechirildi.
💊 Shuningdek, dori vositalarini saqlashda amaldagi sanitariya-gigiyena hamda belgilangan me’yoriy talablarning bajarilishi, ularning hisobini yuritish va fuqarolarni uzluksiz dori vositalari bilan ta’minlash tizimi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
📋 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar bildirildi.
🤝 Aholi salomatligini muhofaza qilish, sil kasalligining oldini olish hamda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasidagi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4