Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Aholining huquqiy himoyasi: "Madad" NNT Termiz shahar byurosi faoliyati va fuqarolarga bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash deputati S.Xodjayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) Termiz shahar huquqiy maslahat byurosiga tashrif buyurib, muassasaning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

💬Byuro xodimlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yil boshidan buyon:

🟢1 379 nafar fuqaroga turli huquqiy masalalar yuzasidan malakali va bepul tushuntirishlar berilgan;

🟢151 nafar fuqaroga davlat idoralari, sudlar va boshqa tashkilotlarga taqdim etish uchun har xil turdagi ariza, shikoyat hamda murojaat loyihalarini yozib berishda amaliy va bepul yordam ko‘rsatilgan.

💬Deputatlar va mutaxassislar byuro binosida fuqarolarni qabul qilish uchun yaratilgan qulayliklar, xodimlarning ish yuklamasi hamda onlayn/oflayn huquqiy maslahat berish tizimining samaradorligini o‘rgandilar.

💬Shuningdek, aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni yanada oshirish, nizoli vaziyatlarni sudgacha bo‘lgan bosqichda hal etishga ko‘maklashishda deputatlar va “Madad” NNT o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

💬"Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolarimizning muammolarini hal etishda 'Madad' NNT Termiz shahar byurosining o‘rni beqiyos. 1500 ga yaqin fuqaroning dardi tinglanib, ularga bepul yordam berilgani bu — adolat tantanasining amaldagi namunasidir. Biz ushbu byuro faoliyatini keng targ‘ib qilishimiz va mahallalarimizda hamkorlikda huquqiy qabullarni ko‘proq tashkil etishimiz lozim," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

🫥O‘rganishlar yakunida mahallalarda aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik rejasini ishlab chiqish hamda byuro faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilab olindi.