Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#162_qonun

Deputat tomonidan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 1-"Bandixon" saylov okrugidan saylangan deputat H.Abdimo‘minov tomonidan deputatlarga biriktirilgan qonunlar taqsimoti asosida O‘zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini o‘rganish maqsadida amaliy monitoring ishlari olib borildi.

Shu munosabat bilan deputat o‘z saylov okrugi hududidagi "Bandixon" mahallasida faoliyat yuritayotgan "SURXON MEBEL" oilaviy korxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida qonun ijrosini baholash yuzasidan ishlab chiqilgan savolnomalar asosida korxona faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida oilaviy korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, mebel mahsulotlarini tayyorlash jarayoni, mehnatni tashkil etish, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, korxona rahbari bilan o‘tkazilgan muloqotda amaldagi qonun hujjatlarining ijrosi, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda faoliyat davomida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Joylarda qonunlar ijrosini tizimli ravishda o‘rganish, tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita muloqot qilish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2