Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

🔹Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi B. Ermatov, komissiya a’zolari, kotibiyat mudiri A.Sobirov, ekspert-maslahat guruhi a’zolari, Rishton tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari  A. Rahimjonov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

🔹Yig‘ilish davomida tumanda jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish hamda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida ichki ishlar organlari tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Rishton tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A. Rahimjonovning hisoboti tinglandi.

🔹Hisobot doimiy komissiya a’zolari tomonidan dastlabki tartibda ko‘rib chiqilib, unda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Muhokamalar davomida komissiya a’zolari, hamda  ekspert-maslahat guruhi a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan qator savollar berilib, ularga atroflicha javoblar taqdim etildi. Shuningdek, hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔹Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya tomonidan hisobot dastlabki tarzda ma’qullanib, uni Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 1