Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov o‘zining 18-To‘rttol saylov okrugi hududida joylashgan To‘rttol mahallasida aholi farovonligini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirini amalga oshirdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov o‘zining 18-To‘rttol saylov okrugi hududida joylashgan To‘rttol mahallasida aholi farovonligini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirini amalga oshirdi. Tadbir davomida deputat mahalla ko‘chalarini aylanib, aholi bilan bevosita muloqot qildi. Suhbatlar chog‘ida mahalla hududidagi ariq-zovurlarni o‘z vaqtida tozalash, ko‘chalar va atrof-muhit ozodaligini ta’minlash, xonadonlar oldiga chiqarilgan g‘o‘zapoyalarni belgilangan joylarga olib kirish hamda sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarga obod va ozoda mahalla barpo etish har bir aholining fuqarolik burchi ekani, ko‘chalarning tozaligi, ariqlarning ochiq va soz holda saqlanishi nafaqat hudud ko‘rinishiga, balki ekologik muhit va aholi salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar ham tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi ma’lum qilindi. Bunday targ‘ibot tadbirlari mahallalarda obodonlashtirish
ishlarini tizimli tashkil etish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda hududlarni yanada ko‘rkam va fayzli maskanga aylantirishga xizmat qiladi
 

Slide 1 of 4