Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 Tashrif davomida mehmonlarga markazda milliy hunarmandchilik an'analarini asrab-avaylash, ustoz-shogird maktabini rivojlantirish, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish hamda hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, xalq amaliy san'ati namunalarini ishlab chiqarish, hunarmandchilik mahsulotlarini ichki va xalqaro bozorlarga olib chiqish hamda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar namoyish etildi.


Uchrashuv davomida milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va Samarqand hunarmandchilik maktabining boy tarixiy merosini dunyo miqyosida keng targ‘ib etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda mehmonlar markaz faoliyatiga yuqori baho berib, kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va milliy hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.

Slide 1 of 3