Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan "O‘rmonbog‘" MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimi M.Usmonovning faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim M.Usmonov tomonidan qonun talablarining amaliy ijrosi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 6 nafar fuqaroga 6 million 425 ming so‘mlik oziq-ovqat vaucherlari, shuningdek 12 nafar fuqaroga 14 million 460 ming so‘mlik kiyim-kechaklar ajratilgani qayd etildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish hamda sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning mazkur imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, ijtimoiy xizmatlar sifati hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 3