Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-"O‘rmonbog‘" saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi "O‘rmonbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Uchrashuv davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish ishlari, mavjud infratuzilma holati hamda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, "mahalla yettiligi" faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda hududda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat nazoratiga olinib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3