Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahalla yettiligi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Mahalla yettiligi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 13-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat N.Alimov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatning saylov okrugi hududidagi "Shodlik" mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning "mahalla yettiligi" bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan mahalla raisi hamda mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda qaror ijrosi doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, hududni kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, fuqarolar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda obodonlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan tashabbuslar va hamkorlikdagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3