Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: AHOLI MUROJAATI ASOSIDA SANITARIYA TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI

Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida sanitariya-gigiyena talablari buzilgani, burga va boshqa zararli hasharotlar ko‘paygani hamda aholining salomatligiga xavf tug‘dirayotgan holatlar aniqlangan edi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Termiz shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i N.N.Yo‘ldoshev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 Deputatlik so‘rovi yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida:

✅ ko‘p qavatli uy yerto‘lasi va unga tutash hududlarda to‘liq dezinfeksiya va dezinseksiya ishlari amalga oshirildi;
✅ zararli hasharotlarga qarshi maxsus ishlov berildi;
✅ bajarilgan ishlar bo‘yicha mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob xati hamda fotohisobot taqdim etildi.

Bu natija deputatlik nazoratining amaliy samarasi, fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmasdan, ularni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda qisqa muddatlarda hal etish mumkinligini yana bir bor tasdiqladi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari bundan buyon ham saylovchilarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.