Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TUMAN TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI

YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TUMAN TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI

Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi davlat va jamoat tashkilotlarining ish tizimi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘rganishlar olib bormoqda.

Tashriflar davomida guruh a’zolari tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan uchrashib, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratishdi:

Ish jarayonining shaffofligi: Fuqarolar, xususan, yoshlar murojaatlari bilan ishlash tizimi;

Tashkilotlarda zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilganlik darajasi;

Tizimda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarga berilayotgan e’tibor va ularning malakasini oshirish imkoniyatlari.

Tumandagi har bir tashkilot faoliyatini yoshlar nigohi bilan tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha Kengash deputatlariga asoslantirilgan takliflar kiritish.

Uchrashuvlar yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida kelishib olindi. Yoshlar maslahat guruhining bunday amaliy tashriflari tumandagi boshqa muassasalarda ham davom etadi.