Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
24 ta tavsiya amalda: Deputatlar yangi maktab qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi

24 ta tavsiya amalda: Deputatlar yangi maktab qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida hududda yangi barpo etilayotgan umumta’lim maktabining qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish jarayoni va nazorat tadbirlari "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya" to‘plamida belgilangan ustuvor vazifalar hamda mezonlar asosida tashkil etildi.

Deputatlar guruhining asosiy maqsadi — hududdagi ijtimoiy soha ob’yektlarining qurilish sifati va muddatlariga rioya etilishini xalq vakillari sifatida qat’iy nazorat qilishdan iborat. Ishchi guruh 24 ta tavsiyada ko‘rsatilgan deputatlik nazoratining samarali usullaridan foydalanib tahlil qildi.

Deputatlar tomonidan mazkur maktab qurilishining yakuniga qadar har bir bosqichni muntazam ravishda monitoring qilib borish va navbatdagi Kengash sessiyalarida mas’ullarning hisobotlarini eshitish belgilab olindi.