Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Yoshlarning yozgi ta’tili – e’tibor markazida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2-Tallashqon saylov okrugi deputati Jovliyev Ravshan hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid hamkorlikda 10-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

Tashrif davomida maktabda tashkil etilgan sport, ma’naviy-ma’rifiy, kitobxonlik, ijodiy hamda fan to‘garaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga, bilim olishga va kasb-hunarga qiziqtirishga qaratilgan tadbirlarning sifati yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularni turli salbiy illatlardan asrash, qiziqish va iste’dodini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan mashg‘ulotlarni yanada kengaytirish muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi qayd etildi. Mazkur tashabbuslar yoshlarning har tomonlama kamol topishi, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4