Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahalladagi ta’mirtalab yo‘llar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan tuman Kengashiga saylangan deputat E.Shokirov hamda viloyat Kengashiga saylangan deputati G.Abdullayeva, kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Xo‘jakent” mahallasining Mirzaobod ko‘chasining ta’mirtalab ichki yo‘llarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida aholi ko‘p harakatlanadigan, transport harakati muntazam amalga oshiriladigan yo‘lning texnik holati ko‘zdan kechirildi. Ayrim joylarda yo‘l qoplamasining eskirganligi, chuqurlar hosil bo‘lganligi, yomg‘ir suvlari ta’sirida ayrim uchastkalarda yurish va harakatlanish uchun noqulayliklar yuzaga kelgani qayd etildi.

🔺Deputatlar o‘rganish jarayonida mahalla faollari va fuqarolar bilan suhbatlashib, ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan aholi fikr va takliflarini tingladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ichki yo‘llarni ta’mirlash manzilli dasturiga kiritish orqali hal etish bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 2