35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan tumandagi iste’mol bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat va xalq iste’moli mahsulotlari narxlari yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida savdo shoxobchalari va bozorlardagi narx-navolar, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi, mahsulotlar sifati hamda aholiga uzluksiz yetkazib berilish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sotuvchilar bilan muloqot qilinib, narxlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, mahsulotlar ta’minoti va mavjud zaxiralar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Monitoringning asosiy maqsadi iste’mol bozoridagi narxlar barqarorligini kuzatish, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning aholiga maqbul narxlarda yetkazib berilishini ta’minlash hamda mavjud holatni muntazam tahlil qilib borishdan iborat.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan bu kabi o‘rganish va monitoring tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi. Bu esa iste’mol bozoridagi vaziyatni nazorat qilish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4