35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputatlik nazorati amalda
Deputatlik nazorati amalda

️ Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati S.Qosimov tomonidan deputatlik nazorati vakolatlari doirasida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining Sariosiyo tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan mahallalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
 Shuningdek, mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, obodonlashtirish ishlari hamda mahalla tizimida yuritilayotgan hujjatlar va ijro intizomi holati o‘rganildi.
️ Deputat tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda belgilangan vazifalar ijrosining holatiga alohida e’tibor qaratilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarning taklif va mulohazalari tinglandi.
 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyat samaradorligini yanada oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya bildirildi. 
Slide 1 of 3