35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#Deputat_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #DeputatDaftari
Mahallalarda aholi uchun munosib, xavfsiz va shinam yashash sharoitlarini yaratish, ko‘p qavatli uylar va ularning atrofidagi infratuzilmani tartibga keltirish deputatlarimizning doimiy e’tiborida.

⏺Uchrashuvlardan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda “4-Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova ishtirokida “Bo‘ston” mahallasida bevosita hududga chiqqan holda navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi.

💬Mazkur o‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori doirasida ko‘p qavatli uy-joy fondini boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash maqsadida tashkil etildi. Xususan:

🟢Kirish yo‘laklarining holati: Ko‘p qavatli uylarning podyezdlari (kirish yo‘laklari), ularning sanitariya holati, elektr shitlari va yoritish tizimlarining xavfsizlik talablariga javob berishi;

🟢Bolalar maydonchalari xavfsizligi: Mahalladagi bolalar maydonchalarining bugungi holati, arg‘imchoqlar va o‘yin qurilmalarining sozligi hamda bolajonlarning xavfsiz dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.

📌O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklarida va bolalar maydonchalarida aniqlangan bir qator texnik hamdan obodonlashtirish bilan bog‘liq kamchiliklar deputat G.Abramatovaning "murojaat daftari"ga batafsil qayd etildi.

💬"Ko‘p qavatli uylar va bolalar maydonchalari xavfsizlik va ozodalik borasida namunali bo‘lishi shart. Bu yerda yosh bolalarimiz o‘ynaydi, aholimiz yashaydi. Aniqlangan har bir kamchilik yuzasidan boshqaruv servis kompaniyalari hamda mutasaddi idoralar oldiga qat'iy talablar qo'yiladi," — deya ta'kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

🫥Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar va deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilanib olindi.
Slide 1 of 2