35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat Sh.Dexkanov saylov okrugi hududiga qarashli "Gʻishtli masjid" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning xizmat faoliyati, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash tizimi hamda qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, ijtimoiy reyestrni yuritish holati, nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ro‘yxatga olish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar bilan qamrab olish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, reabilitatsiya vositalari hamda boshqa ijtimoiy ko‘mak turlarini taqdim etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish hamda ijtimoiy reyestr ma’lumotlarini doimiy ravishda yangilab borish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2