35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 16-Sho‘rob saylov okrugidan saylangan deputat Jumayeva Svetlana tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov bilan hamkorlikda tumandagi «Fidokor» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla «yettiligi» faoliyati hamda hududdagi mavjud holatni o‘rgandi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida amalga oshirildi. Uchrashuv davomida mahalla «yettiligi» a’zolari bilan hudud aholisini qiynayotgan dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar hamda hamkorlik rejasi belgilab olindi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida mahalla «yettiligi» tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish, shuningdek ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 4