35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Chandirobod MFYda veterinariya xizmatlari holati deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbarining hisobotini tayyorlash doirasida Chandirobod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda aholi xonadonlaridagi chorva mollari holati, veterinariya xizmatining tashkil etilishi, veterinariya pasportini yuritish tartibi hamda veterinariya mutaxassis joylardagi faoliyati bilan tanishildi.

Chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga ko‘rsatilayotgan veterinariya xizmatlari sifati yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

Veterinariya xizmatlarining ayrim hududlarda yetarli darajada tashkil etilmagani, profilaktik emlash tadbirlarining to‘liq amalga oshirilmayotgani hamda chorva kasalliklarining oldini olish va bartaraf etishda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqoriligi qayd etildi.

Slide 1 of 2