35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida

Amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishini o‘rganish va ularning sifatli bajarilishini nazorat qilish maqsadida, Xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashi 3-sonli "Mádeniyat " saylov okrugidan (O‘zXDP) saylangan deputat G.Yusupova va Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi S.Alimov birgalikda o‘z saylov okrugi hududida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida, "2026 yilda hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezidentimizning PQ-49-sonli qarori, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2026 yil 6 martdagi "Og‘ir tumanlar va mahallalarni kompleks rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 617-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Ushbu dasturga muvofiq, Bo‘zatov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida tuman markazidagi A.Dosnazarov ko‘chalarining 0,3 km qismida yangi piyodalar yo‘lagini qurish va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari belgilangan. Ayni paytda ushbu qurilish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, belgilangan reja asosida olib borilmoqda.
Deputat va Kengash vakili ishlarning sifatiga, belgilangan texnik talablarga muvofiq bajarilishiga alohida e’tibor qaratib, qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi uzluksiz nazorat qilinadi.

Slide 1 of 3