35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Yangi madaniyat markazi faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limi tasarrufiga o‘tkazilgan yangi madaniyat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mazkur markaz shahar hokimligi tomonidan Madaniyat bo‘limi balansiga o‘tkazilgan sobiq Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi binosida faoliyat yuritayotgani hamda binoning moddiy-texnik holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida binoda bir qator ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish zarurligi, madaniyat markazi faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, xonalarni zamonaviy talablar asosida jihozlash hamda infratuzilmani yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, madaniyat markazini saqlash, ekspluatatsiya qilish va joriy xarajatlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjudligi aniqlanib, ushbu masalalarni hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, madaniyat markazining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash hamda moliyaviy masalalarni hal etish yuzasidan Qo‘qon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2