35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-"Yangi obod" saylov okrugidan saylangan deputat G.Payg‘amova tomonidan "To‘g‘onboshi" mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-grafik asosida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvni tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning ijtimoiy himoyasi, huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.

Xususan, "To‘g‘onboshi" MFY, Chimkent ko‘chasi 21-uyda yashovchi fuqaro Mo‘minova Mohiraxon tomonidan farzandlari uchun bolalar nafaqasini rasmiylashtirish masalasida murojaat qilindi. Murojaatda turmush o‘rtog‘ining pasporti yo‘qolganligi sababli zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va ijtimoiy nafaqa olish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan murojaat joyida o‘rganilib, fuqaroning turmush o‘rtog‘i nomiga yangi biometrik pasportni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda ushbu hujjatlar asosida bolalar nafaqasini tayinlash jarayonida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Mazkur murojaat deputat nazoratiga olinib, fuqaroga zarur amaliy yordam ko‘rsatish hamda masalani qonunchilikda belgilangan tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4