35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari A.Adxamov va X.Abdullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan "To‘g‘onboshi" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘inida ish yuritish jarayonlari, rasmiy hujjatlarning davlat tilida va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi, tashqi va ichki axborot vositalari, peshlavha, ko‘rsatkich hamda e’lonlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

Shuningdek, davlat tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish, hujjatlar bilan ishlash madaniyatini yanada takomillashtirish hamda Qonun talablariga to‘liq rioya etish masalalari yuzasidan mahalla mas’ullari bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar muhokama qilinib, ish yuritishni yanada takomillashtirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga qat’iy amal qilish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4