35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan "To‘g‘onboshi" mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimining O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida "To‘g‘onboshi" MFY ijtimoiy xodimi Z.Jo‘rayeva tomonidan Qonun talablarining amaliy ijrosi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida:
18 nafar fuqaroga 7 million 416 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan;
38 ta vaucher ajratilgan;
16 nafar ehtiyojmand fuqaroga 32 million 860 ming so‘mlik kiyim-kechak mahsulotlari topshirilgan.

Shuningdek, To‘g‘onboshi ko‘chasi 23-b-uyda yashovchi II-guruh nogironi Yusupov Jahongirning xonadonida 17 million so‘mlik, Parpashabof ko‘chasi 165/23-xonadonda yashovchi II-guruh nogironi M.Burhonovning uyida esa 14 million so‘mlik ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, Charxiy ko‘chasi 6/16-xonadonda istiqomat qiluvchi yolg‘iz yashovchi fuqaro D.Saidjonovaga kommunal xizmatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari ajratilgani qayd etildi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini kengaytirish, sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish tartibi hamda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.

Shuningdek, fuqarolarning qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqish hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3