35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Mahalla idorasi binosining holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Tovoqsoy” mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi binosining texnik holati va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar mahalla raisi Z.Akramov ishtirokida o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida mahalla idorasi binosi ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi, xususan, binoning tom qismi yangilashga muhtojligi, xonalarning devor va shift qismlarida ko‘chish va yoriqlar paydo bo‘lganligi, binoning eshik va derazalari eskirib, issiqlikni saqlash talablariga javob bermaydigan holatga kelgani, isitish tizimi esa nosozligi sababli qish mavsumida xodimlar va fuqarolar uchun noqulayliklar yuzaga keltirayotgani qayd etildi.

🔺Muhokama davomida mahalla idorasini kapital ta’mirlash, tom qismini yangilash, eshik va derazalarni almashtirish, isitish tizimini to‘liq rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy mebel va kompyuter jihozlari bilan ta’minlash zarurligi qayd etilib, deputat mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborishini hamda ushbu masala ijrosini nazoratiga olishini ma’lum qildi.

Slide 1 of 8