35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
🚫 Inson qadri – oliy qadriyat!

⚖️ O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ–633-son Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida Shovot tumani Eshonqal’a mahallasida uchrashuv o‘tkazildi.
👥 Tadbirda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi "Adolat" SDP deputati D.Shadanova, "Adolat" SDP Shovot tumani Kengashi raisi M.Abdiyazova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov mahalla faollari bilan birgalikda ishtirok etdi.
📖 Uchrashuv davomida qonunning mazmun-mohiyati, odam savdosining oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, xavfsiz mehnat migratsiyasi madaniyatini shakllantirish hamda inson qadrini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
🛡 Shuningdek, fuqarolarni odam savdosi bilan bog‘liq tahdid va xavflardan ogoh etish, noqonuniy mehnat va migratsiya holatlarining oldini olish, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda qonun hujjatlarining joylardagi ijrosini ta’minlashda davlat organlari, mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
✅ "Adolat" SDP deputatlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish hamda odam savdosiga qarshi murosasiz kurashish borasidagi targ‘ibot va deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2