35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
BOGʻOTDA "YASHIL ENERGIYA": QONUN IJROSI AMALDA EKANLIGI OʻRGANILDI!

🏅 Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi O'zLiDeP deputati S.Sopaev Bogʻot tumani "Hunarmand" mahallasida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining "Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida"gi Qonuni (OʻRQ-539) ijrosini joyida oʻrgandi.

🔍 Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, mahalla aholisi va tadbirkorlari mazkur qonun taqdim etayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda:

☀️ Quyosh panellari yordamida tadbirkorlik: Mahallada quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hisobiga kichik mebel ishlab chiqarish va taʼmirlash sexlari muvaffaqiyatli ishga tushirilgan.

💧 Muqobil energiya va obodlik: Quyosh energiyasidan foydalangan holda quduq qazilib, suv oqimidan toʻlaqonli foydalanilmoqda. Shuningdek, mahalla koʻchalari ham "yashil energiya" hisobiga yoritilmoqda.

📌 Kelgusidagi rejalar: Deputat S.Sopaev mahalla "ettiligi" bilan birgalikda aholi oʻrtasida qonunda belgilangan imtiyoz va majburiyatlarni keng targʻib qilish hamda mavjud masalalarni joyida hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilab oldi.

"Yashil energiya" — mahalla ravnaqi va iqtisodiy tejamkorlik garovidir!

Slide 1 of 4