35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi



🏛 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Sirojiddin Muhammadiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J. Ashurboyev tomonidan Sohil mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi hamda deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 O‘rganishlar davomida mahallada tabiiy gaz ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida iste’molchilarni amaldagi 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazish, gaz yo‘qotishlarini kamaytirish hamda eskirgan yer osti gaz quvurlaridan bosqichma-bosqich voz kechish ishlari olib borilayotgani muhokama qilindi.

🔹 Shu bilan birga, Sohil bo‘yi ko‘chasi fuqarolari tomonidan gaz quvurlarini xonadonlar oldi qismigacha tortib kelish jarayonida yuzaga kelayotgan tashkiliy va mablag‘ bilan bog‘liq ayrim tushunmovchiliklar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

🤝 Mazkur masalalarga aniqlik kiritish, fuqarolarga amaldagi tartiblarni tushuntirish hamda muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

📝 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan boshqa murojaatlar ham tinglanib, ular saylov okrugidagi muammolarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etildi hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda nazoratga olindi.

Slide 1 of 4