35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Tibbiyot muassasasida obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi

Tibbiyot muassasasida obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasa hududining sanitariya holati, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, piyodalar yo‘laklari, tashqi hududlarning ozodaligi hamda bemorlar va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni saqlash va infratuzilmani tartibli holatda saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Ta’kidlanganidek, tibbiyot muassasalari hududlarini ozoda va obod saqlash, bemorlar hamda fuqarolar uchun qulay va shinam muhit yaratish tibbiy xizmatlar sifatini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3