35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
YUNUSOBOD TUMANIDA YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Navbatdagi uchrashuvda tuman hokimi, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Abrorxo‘ja Saidaliyev yoshlar bilan yuzma-yuz suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning hayotda o‘z munosib yo‘lini topishi, jamiyatning faol a’zosiga aylanishi, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim olishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Samimiy muloqot jarayonida yoshlarning qiziqishlari, takliflari va murojaatlari tinglanib, ularga zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, murakkab vaziyatga tushib qolgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

Mazkur uchrashuv “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarini o‘rganish hamda bandligiga ko‘maklashish vazifalariga muvofiq tashkil etildi.

✅ Bunday ochiq muloqotlar yoshlarni ezgu maqsadlar sari birlashtirish, ularning kelajakka ishonchini mustahkamlash hamda tuman rahbariyati doimo yoshlar bilan birga ekanini amalda ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4