35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga asosan tumandagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va ijtimoiy xizmatlarning to‘g‘ri hamda manzilli qo‘llanilishi holatini o‘rganish maqsadida Sutbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida o'rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti, unga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va xizmatlar, davlat tomonidan ajratilgan imtiyozlardan foydalanish holati hamda mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi A.Turdiboyev, Chinoz tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Sh.Ro‘ziqoriyev, Chinoz tumani Mahalla uyushmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Mamajonov, Sutbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi X.Aksakalov, mahalladagi hokim yordamchisi A.Shakirov hamda ijtimoiy xodim G.Tojikulova ishtirok etdi.

O‘rganish davomida fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, uning ehtiyojlari, turmush sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar muhokama qilindi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda fuqaroning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3