35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Targ‘ibot ishlari izchil davom etmoqda — Evalak mahallasida navbatdagi uchrashuv

Avvalroq xabar berilganidek, Nurafshon shahrida islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadidagi targ‘ibot guruhi samarali faoliyatini olib bormoqda. Targ'ibot tadbirlari doirasida Evalak mahallasidagi 1-son umumta’lim maktabida ham pedagog xodimlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

✅️Muloqotda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O'.Rashidov, hamda Kengash mudiri K.Umarboev ishtirok etib, so‘nggi yillarda viloyatimiz, xususan, Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari hamda ayni shu jarayonlarda pedagoglar zimmasiga yuklanayotgan muhim vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Uchrashuv davomida o‘qituvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlarni bilimli va vatanparvar ruhda tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3