35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi

Hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tasheva Shahnoza Azamatovna xizmat safarida bo‘lganligi munosabati bilan, tasdiqlangan grafik rejaga muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida Navoiy shahri Umid mahallasidagi I. Karimov ko‘chasida joylashgan hududda yo‘l chetidagi yirik daraxt ildiz qismi atrofida tuproqning o‘pirilgani hamda ariq qirg‘og‘ining yemirilishi oqibatida bordyur toshlari siljigani va piyodalar yo‘lagida yoriqlar hosil bo‘lgani aniqlandi.

Mazkur holat piyodalarning xavfsiz harakatlanishiga xavf tug‘dirishi, shuningdek, daraxtning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi inobatga olinib, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat kiritildi.

Mas’ul tashkilotlarga ariq qirg‘og‘ini mustahkamlash, bordyur va piyodalar yo‘lagini ta’mirlash, shuningdek, daraxtning texnik holatini mutaxassislar ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazish hamda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1