35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova 21-B.Marg‘inoniy saylov okrugida joylashgan Yangibog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida ayni paytda kasallik ta’tilida bo‘lgan deputat R.Alijonovaning saylov okrugidagi S.Olloyor ko‘chasining 420 metr qismida olib borilayotgan asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha "Muhammad Fayz" MChJ quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda. Asfaltlash ishlari ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash, transport harakati uchun qulay sharoit yaratish hamda aholi turmush sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Oʻrganishda bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini ta’minlash fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5